Toshkent dunyodagi havosi eng toza shaharlardan biriga aylandi
Bu qiziq
−
06 aprel 2023
18322IQAir xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahri dunyoning havosi eng toza yuzta shahridan biri bo‘lib turibdi.
O‘zbekiston poytaxti hafta davomidagi yomg‘irli kunlardan so‘ng dunyoning havo tozaligi bo‘yicha eng yaxshi 100 ta shahridan biriga aylandi. Real vaqt rejimida olib boriluvchi reytingda shahar havosidagi chang konsentratsiyasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiya etgan miqdorda ekani ma’lum bo‘ldi.
IQAir prognozida aytilishicha, ertaga va indinga ham yomg‘ir yog‘ishi hisobiga havoning tozaligi saqlanib turadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 17 oktyabr kuni poytaxtda uzoq vaqt yog‘ingarchilik kuzatilmagani va havo haroratining inversiyasi ortidan shahar bir muddatga dunyoning havosi eng iflos shahriga aylangandi.
Nodirjon Madaminov
LiveBarchasi