Toshkent DSB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari “obnalchi”lar mojarosi ortidan lavozimidan olindi
Jamiyat
−
17 fevral 2021
14486Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Shavkat Almardanovich Turdiyev egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Bunga “Naqdlashtiruvchi firma”larni aniqlash yuzasidan amaliyotga joriy qilingan yangi mexanizmni aholi va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida tushuntirish ishlarini qoniqarsiz olib borgani, shuningdek, soliq to‘lovchilar bilan yetarli darajada ishni tashkil etmagani sabab bo‘ldi.
Shuningdek, Toshkent shahar DSB Kameral nazorat va QQS ma’murchiligi bo‘limlari hamda DSQ Matbuot xizmati boshliqlariga hayfsan berilgan.
Avvalroq, Davlat soliq qo‘mitasi “naqdlashtiruvchi firmalar” bilan kurashishni boshlagani ma’lum qilingandi.
Buning ortidan DSQ tomonidan shakllantirilgan shubhali soliq to‘lovchilari ro‘yxatiga kiritilgan 396ta soliq to‘lovchilar bilan hamkorlik qilgan qariyb 10 mingga yaqin xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning 915 mlrd so‘m puli hisobidan yechib olindi. Tadbirkorlar esa norozilik bildirib, Qo‘mita oldiga to‘plandi.
Ular DSQ kompaniya hisobidagi pullarni boshqalar to‘lamagan QQS uchun yechib olish noqonuniy ekanini ta’kidlamoqda.
LiveBarchasi