BMT Toshkent deklaratsiyasini 56 yil o‘tib tan oldi

Jamiyat

image

Toshkent deklaratsiyasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining rasmiy hujjati sifatida tan olindi. Bu haqda “Dunyo”  axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 3-4 mart kunlari O‘zbekiston poytaxtida BMT Global aksilterror strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy hamkorligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya ishtirokchilari tomonidan qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasi, BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida tan olingan.

Hujjat BMTning 6 ta rasmiy tili – ingliz, arab, ispan, xitoy, rus va fransuz tillariga tarjima qilinib, barcha a’zo davlatlar va BMTning ixtisoslashgan muassasalariga tarqatilgan.

“Mazkur hujjatning BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida qabul qilinishi O‘zbekistonning terrorizmning oldini olish va unga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlari xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilganidan dalolatdir”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, 1966 yil Sobiq Ittifoq Vazirlar Kengashining raisi Aleksey Nikolayevich Kosigin tashabbusi bilan Pokiston Prezidenti Muhammad Ayyubxon va Hindiston Bosh vaziri La’l Bahodir Shastri Toshkentda uchrashgan. Uchrashuv yakunida Toshkent deklaratsiyasi imzolangan.

Mazkur uchrashuv 1965 yilning avgust-sentyabr oylarida Kashmir hududida Hindiston va Pokiston o‘rtasida ro‘y bergan qurolli to‘qnashuv tufayli yuzaga kelgan keskinlikni tinch yo‘l bilan hal qilish maqsadida uyushtirilgan.

Toshkent deklaratsiyasi bu xususda bir qancha amaliy tadbirlarni ko‘zda tutgan. Jumladan, har ikkala mamlakat qurolli kuchlarini qurolli to‘qnashuvdan oldin egallab turgan joylariga qaytarish, diplomatik vakolatxonalar faoliyatini, har ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy va savdo munosabatlarini tiklash belgilangan. Toshkent deklaratsiyasi Hindiston bilan Pokiston munosabatlaridagi janjalli masalalarni tinch yo‘l bilan hal etishga asos bo‘lgan


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

490

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing