Toshkent davlat yuridik universitetiga yangi rektor tayinlandi
Jamiyat
−
10 dekabr 2021
7916O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Akbar Jo‘raboyevich Toshqulov Toshkent davlat yuridik universitetiga rektor etib tayinlandi.
Akbar Toshqulov 2019 yil sentyabridan buyon universitet rektori lavozimida ishlab kelayotgan Rahim Hakimovning o‘rnini egalladi.
Akbar Toshqulov 2017 yil aprelidan mazkur tayinlovga qadar O‘zbekiston Adliya vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Avvalroq Akbar Toshqulov Adliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi