Toshkent davlat stomatologiya institutida Simulyatsion markaz faoliyati yo‘lga qo‘yildi
Biznes
−
07 aprel 2021
6429Dunyo tajribasidan ma’lumki, eng rivojlangan mamlakatlar birinchi navbatda tibbiyot va ta’limga e’tibor orqali yetuk jamiyatga erishganlar.
Bugun biz har tomonlama yetuk va raqobatbardosh shifokorlarni tayyorlash, amaliyotga qaratilgan o‘quv jarayonini zamonaviy fantom, simulyatorlar va laboratoriyalar bilan jihozlash orqali tibbiy oliy ta’limni rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida Toshkent davlat stomatologiya institutida zamonaviy innovatsion “Simulyatsion markaz” ochildi.
Markazni ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta mahsus ta’lim Vaziri Abduqodir Toshqulov, Sog‘liqni saqlash vazirligi boshqarma boshlig‘i O‘ktam Ismailov, institut rektori Nodir Xaydarovlar ishtirok etdi.
Vazir Abduqodir Toshqulov Toshkent davlat stomatologiya instituti zamonaviy talablarga mos keladigan va stomatologiyaning ilg‘or texnologiyalarini egallagan stomatologiya sohasining yuqori malakali tibbiyot xodimlari va ilmiy mutaxassislarini tayyorlash uuatiiilar haqida alohida to‘htalib o‘tdilar.
Institut simulyatsion markazini tashkil etishda Rossiya, Belorussiya, AQSH, Koreyaning nufuzli otm va o‘quv markazlar tajribasiga tayandik.
Simulyatsion markazda Fransiya davlatini “Virteasy Dental” 3D simulyatorlari, Angliya davlatining o‘quv mikroskoplari, Rossiya davlatiing “Pirogov” anatomik interaktiv stoli, Italitya davlatining talabalar uchun eng ohirgi modeldagi stomatologik fantomlari o‘rnatilgan. Shu bilan bir qatorda, ahborot resurs markazining virtaul kutubxonasi xam talabalarga hizmat ko‘rsatadi.
Bularning barchasi o‘quv mashg‘ulotlarini zamon talabi asosida tashkil qilishga, talaba yoshlarimizga yangicha yondashuv asosida bilim berishimiz uchun hizmat qiladi.
LiveBarchasi