Toshkent byudjeti yarim yil ichida qancha daromad ko‘rdi?
Jamiyat
−
09 noyabr 2022
67112022 yilning ilk 6 oyida Toshkent shahri va uning tumanlarining mahalliy byudjeti daromadlari prognoz ko‘rsatkichidan 16 foiz ortig‘i bilan bajarilib, 3,2 trln so‘mni tashkil etdi. Ushbu ma’lumot Toshkent hokimligining mahalliy byudjet daromad qismining 2022 yil olti oyidagi ijrosi yakunlarini hisobotida ko‘rsatilgan.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahri bo‘yicha Davlat byudjeti daromadlar prognoz ko‘rsatkichiga 2022 yil birinchi yarim yilligida 10 trln so‘m tushum ta’minlanib, belgilangan prognoz ko‘rsatkichi 113 foizga bajarilgan.
Toshkent shahri bo‘yicha 2022 yilning 1-yarim yilligida mahalliy byudjet daromadlar prognoz ko‘rsatkichi 2,8 trln so‘m belgilangan bo‘lib, haqiqatda tushum 3,2 trln so‘mga yoki 115 foizga bajarilgan, natijada mahalliy byudjetga 412,5 mlrd so‘m qo‘shimcha daromad tushirilgan.
Shuningdek, mahalliy byudjetning ortig‘i bilan bajarilgan daromad qismi sifatida yer uchastkalari uchun huquqlarni sotishdan tushgan 35,6 mlrd so‘mni o‘tkazish hisobiga shahar byudjetida 154,1 mlrd so‘m shakllantirildi.
Byudjet daromadlarining asosiy qismi, ya’ni 569,3 mlrd so‘m miqdori yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hisobiga tashkil etildi. Bu prognozga nisbatan 31,2 foizga yoki 135,4 mlrd so‘mga ko‘pdir.
Soliq yig‘imlarining bo‘yicha eng katta o‘sish jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga to‘g‘ri keldi — 272,4 mlrd so‘m. Bu oldingiga nisbatan 49,3% yoki 89,98 mlrd so‘mga ko‘pdir.
Olti oy davomida 179,7 mlrd so‘m (+24,3%) jarimalar, 268,6 mlrd so‘m (+10%) davlat bojlari undirildi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlarning daromad solig‘i (46,9 mlrd so‘m) hamda mahalliy soliqlar va yig‘imlar (166,1 mlrd so‘m) bo‘yicha ko‘rsatkichlar esa kutilganidan pastroq bo‘ldi.
Nazarbek Nazarov
LiveBarchasi