Toshkent byudjeti tasdiqlandi. Poytaxtliklar qancha o‘lpon to‘laydi?

Jamiyat

image

Toshkent shahrining 2023 yil uchun mahalliy byudjeti tasdiqlandi. Joriy yilning 4 yanvar kuni shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning E-qaror portaliga joylashtirilgan “2023 yil uchun Toshkent shahar mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, joriy yilda poytaxt byudjetiga aholi daromadidan tushadigan soliqlar o‘tgan yilga qaraganda ikki barovar ko‘p foyda keltiradi. Ya’ni Toshkent shahrining 2023 yilgi umumiy byudjeti 6,414 trln so‘mни tashkil etib, shundan 752 mlrd so‘mi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga to‘g‘ri kelmoqda. 2022 yilda bu ko‘rsatkich 373 mlrd so‘mга teng bo‘lgan.

Shuningdek, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i  585 mlrd so‘mни tashkil etishi prognoz qilinmoqda. Bu miqdor ham o‘tgan yilgisiga qaraganda deyarli ikki barovarga ko‘p. 

2022 yilda yuridik shaxslardan 214 mlrd so‘m foyda solig‘i undirilgan edi. Joriy yil davomida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan 933 mlrd, yuridik shaxslarning yer solig‘idan 715 mlrd, aylanmadan olinadigan soliq hisobidan 789 mlrd, davlat bojidan 657 mlrd so‘m miqdorida daromad kelib tushishi taxmin qilinmoqda.

Shu sababli:

•  soliqlarni o‘z vaqtida byudjetga undirilishi ustidan soliq nazoratini kuchaytirish;

•  yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va mol-mulk soliqlari bo‘yicha doimiy tahlillar o‘tkazgan holda, soliqlarni to‘liq hisoblanishini ta’minlash hamda ushbu soliq to‘lovlari bo‘yicha soliq qarzdorligiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish;

•  aylanmadan soliq turi bo‘yicha soliq to‘lovchilar tomonidan naqd pul aylanmalarining soliq hisobotlarida to‘liq aks ettirilishi ustidan doimiy soliq nazoratini o‘rnatish bo‘yicha Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasiga vazifa yuklangan.

Poytaxt byudjetini to‘ldiradigan 475 mlrd so‘m esa jarimalardan tushadigan mablag‘lar hisobiga qoplanadi. 

“Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi (A.Toshpo‘latov), Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (R.Jalilov), Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi (O.Bozorov), Toshkent shahar Adliya boshqarmasi (R.Hamidov) hisoblangan boj, jarima va yig‘imlarni o‘z vaqtida o‘rnatilgan tartibda byudjetga undirish choralarini ko‘rib borsin”, deya topshiriq bergan shahar hokimi qarorning 17-bandida.

2022 yilda jarimaga tortilgan poytaxtliklar 256 mlrd so‘m miqdorida daromad keltirgan edi. 

O‘tgan yili benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz realizatsiyasidan undiriladigan soliqlar poytaxt byudjetiga 374 mlrd so‘m foyda keltirgan bo‘lsa, 2023 yilda poytaxt g‘aznasiga o‘tgan yilga qaraganda biroz kam ulush tegadigan bo‘ladi – 321 mlrd so‘m.

Bundan tashqari yig‘imlardan tushadigan 428 mlrd so‘mлик foyda, davlat tashkilotlarining sof foydasidan 166 mlrd so‘mлик dividend miqdori ham o‘tgan yilgidan kam. Bunga 2023 yil 1 yanvaridan tugatilishi aytilayotgan davlat tashkilotlari sabab bo‘lishi mumkin. Avvalroq ularning binolari sotuvga qo‘yilishi aytilgan edi.

“2023 yil uchun Toshkent shahar mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga ko‘ra, joriy yil xususiylashtirish hisobiga byudjetga xuddi o‘tgan yilgi kabi 100 mlrd so‘m daromad kelib tushishi taxmin qilinmoqda.

Buning uchun Ortiqxo‘jayev Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i Ahad Razzoqovga bo‘sh turgan ob’ektlarning ro‘yxatini shakllantirish, ularni ijaraga berish yoki sotish bo‘yicha tegishli takliflar tayyorlash va shu bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida roliklar va video-materiallar tayyorlash, xususiylashtirilishi mo‘ljallangan bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlarini “ye-ijro auksion” maydonchasi orqali sotish ishlarini tashkillashtirishni topshirgan.

Noruda qurilish materiallari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq esa 21 mlrd so‘mни, aloqa xizmatlari ko‘rsatish uchun aksiz solig‘idan mahalliy byudjetlarga o‘tkaziladigan mablag‘lar 82 mlrd so‘mни tashkil qiladi.

Shuningdek, Toshkent byudjeti alkogol va tamaki maxsulotlarining aksiz solig‘idan ham yaxshigina boyiydi.

Bunda alkagol mahsulotlari, shu jumladan, pivo uchun aksiz solig‘idan 191 mlrd so‘m, tamaki mahsulotlari uchun aksiz solig‘idan 199 mlrd so‘m mablag‘lar undirilishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent byudjet Ortiqxo'jaev daromad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing