Toshkent bozorlarida video va rasmga olish pullik bo‘ladi

Jamiyat

image

Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslari hududida tijoriy maqsadlarda video yoki tasvirga olish uchun alohida to‘lov belgilandi. Bu haqda poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqovning tegishli qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, poytaxtdagi bozorlar va savdo komplekslari hududida tijoriy maqsadlarda video yoki tasvirga olish uchun alohida to‘lov belgilanadi. Endilikda videorolik, reklama materiali, klip yoki boshqa tijoriy yo‘nalishdagi suratga olishning bir soati uchun 5 million so‘m miqdorida to‘lov undiriladi.

Qarorda qayd etilishicha, ushbu tartib ommaviy axborot vositalari hamda xorijiy turistlar tomonidan amalga oshiriladigan suratga olish ishlari uchun qo‘llanilmaydi, ular uchun alohida ruxsat va to‘lov talab etilmaydi.

Qarorda qo‘shimcha qilinishicha, bozorlar va savdo majmualarida ko‘rsatiladigan bir qator xizmatlar uchun yangi tariflar joriy etilgan. Hujjatga ko‘ra, avtoturargohlar bo‘yicha ham yangilangan to‘lov tartibi belgilangan.

Qarorga muvofiq, bozorlar avtoturargohlarda yengil avtomobillar uchun to‘lov miqdorlari haftaning kuniga qarab farqlanadi. Xususan, shanba-yakshanba kunlari tariflar oshirilgan:

  • 3 soatgacha vaqt uchun 25 ming so‘m;
  • 4 soatdan ortiq vaqt uchun esa 50 ming so‘m undiriladi.

Ish kunlarida esa tariflar pastroq bo‘lib qolmoqda. Yangi tartib bozorlar yaqinidagi tirbandlikni kamaytirish va avtoturargohlar yuklamasini tartibga solish maqsadida joriy etilgani qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda shaxslarni ularning ruxsatisiz tasvirga olish taqiqlanishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent bozor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing