Toshkentda ayol 2 yoshli farzandi bilan is gazidan vafot etdi
Jamiyat
−
06 yanvar 2020
5661Poytaxt Toshkentda 32 yoshli ayol va uning 2 yashar qiz farzandi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Hodisa kecha, 5 yanvar kuni soat 22:10 larda yuz bergan. Yunusobod tumani, “Bobodehqon” mahallasida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan N.Isroilova va farzandi 2017 yilda tug‘ilgan D.Tohirova uyning yuvinish xonasidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib, hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.