Toshkent – Andijon poyezdiga otilgan tosh 9 yoshli bolakayga kelib tegdi

3-sahifa

image

Kecha, 10 aprel kuni Toshkent – Andijon poyezdiga otilgan tosh 9 yoshli bolakayga kelib tegdi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, 10 aprel kuni Toshkent – Andijon yo‘nalishida harakatlanayotgan 62-sonli yo‘lovchi poyezdiga noma’lum shaxs tomonidan tosh otilgan. Ushbu voqea soat 22:25 da “Oltiariq – Marg‘ilon” uchastkasining 244-kilometrida sodir bo‘lgan.

Poyezdning 6-vagonidagi oynani yorib o‘tgan tosh 9 yoshli yo‘lovchining bosh qismiga urilgan. Zarba bola qoshining ustki qismiga tegishi oqibatida qon ketishiga sabab bo‘lgan. Soat 22:32 da “Marg‘ilon” temiryo‘l vokzali feldsheri tomonidan zudlik bilan jabrlangan yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan tegishli idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

610

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing