Toshkent aeroportida “jahongashta shampun”lar musodara qilindi (video)

3-sahifa

image

Toshkent xalqaro aeroportida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mamlakatga olib kirilayotgan 11,8 kilogramm gashish moyi musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, DXX tomonidan “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi bilan hamkorlikda tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazilgan. Unda “Bangkok – Dehli – Toshkent” aviayo‘nalishida Toshkent xalqaro aeroportiga uchib kelgan, “yashil” yo‘lak orqali harakatlangan, 2005 yilda tug‘ilgan Qirg‘iziston fuqarosiga tegishli chemodanlar belgilangan tartibda tekshirilgan.

Tekshiruv davomida chemodanlardagi shampun idishlari ichiga yashirilgan umumiy og‘irligi 11,8 kilogramm bo‘lgan gashish moyi aniqlanib, musodara qilingan.

Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur giyohvandlik vositasi Yunusobod tumanidagi ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadonga qoldirilgan. Shundan so‘ng, uni olib ketish uchun kelgan Chirchiq shahrida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro ham qo‘lga olingan.

Bildirilishicha, tergovga qadar tekshiruv davomida giyohvandlik vositasi Tailanddan O‘zbekiston orqali qo‘shni davlatga yetkazilishi rejalashtirilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan gumondorlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyati va Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 1 kilogrammdan ortiq gashish hamda 700 grammdan ziyod Alfa-PVP sintetik giyohvandlik vositasi musodara qilingan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing