Toshkent aeroportida vaqtinchalik cheklov joriy etildi
Jamiyat
−
23 yanvar 2023
11385Toshkent aeroportida noqulay ob-havo sharoiti munosabati bilan samolyotlarni qabul qilish/jo‘natish bo‘yicha vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, cheklovlar qalin tuman tushgani, ko‘rish masofasi 100 metrni tashkil etgani sababli kiritilgan.
Cheklov sabab quyidagi o‘zgarishlar sodir bo‘lgan:
HY54 Urganch-Toshkent reysi Samarqanddagi muqobil aerodromga qo‘ndi.
HY766 Olmaota-Toshkent reysi ham Samarqanddagi muqobil aerodromga jo‘nab ketdi.
HY66 Termiz-Toshkent reysi Samarqanddagi muqobil aerodromga qo‘ndi.
HY5314 Jidda-Toshkent reysi Samarqanddagi muqobil aerodromga qo‘ndi.
HY336 Jidda-Toshkent reysi Samarqanddagi muqobil aerodromga qo‘ndi.
HY9662 Yekaterinburg-Toshkent reysi ham Samarqandga qo‘ndi.
J2-5031 Boku-Toshkent reysi Urganchdagi muqobil aerodromga yo‘l oldi.
SU1870 Moskva-Toshkent reysi Navoiydagi muqobil aerodromga qo‘ndi.
SU1870 Nukus-Toshkent reysi soat 02:30 ga qoldirildi.
LiveBarchasi