Toshkent aeroportida “Hizb ut-Tahrir” ta’siriga tushgan yigit ushlandi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahri aeroportlarida IIV xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-surishtiruvlar davomida terroristik tashkilotlar ta’siriga tushib qolgan shaxs aniqlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 18 fevral kuni 1996 yilda tug‘ilgan qashqadaryolik X.R. “Novosibirsk-Toshkent” yo‘nalishida uchib kelgan.

U bilan olib borilgan tezkor profilaktik suhbatga ko‘ra, gumondor Rossiyada ishlashi davomida “Hizb ut-Tahrir” terrorchilik tashkilotining ta’siriga tushgan. Yigitga tegishli Vertex hamda Redmi rusumidagi telefonlar tekshiruvdan o‘tkazilgan va ularning xotirasida diniy mazmundagi taqiqlangan materiallar saqlangani hamda o‘ziga yaqin bo‘lgan tanishlariga tarqatilgani aniqlangan.

Tekshirib ko‘rishlik maqsadida unga tegishli bo‘lgan uyali telefon apparatlari xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib olingan.

Holat yuzasidan X.R.ga nisbatan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismi (diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi materiallarni O‘zbekiston bojxona chegarasidan o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Maqola muallifi

Teglar

aeroport Hizb ut-Tahrir

Baholaganlar

426

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing