Toshkent aeroporti yaqinidagi oshxonada yong‘in bo‘ldi

3-sahifa

image

Bugun, 6 iyul kuni Toshkent xalqaro aeroporti uchib ketish zali yonidagi oshxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mahalliy vaqt bilan soat 11:20 da Toshkent xalqaro aeroporti vokzal oldi maydonida yangi kafeda yong‘in kelib chiqqan. Voqea joyiga zudlik bilan aeroport va shahar o‘t o‘chirish bo‘limlari yetib kelgan. Yong‘in soat 11:47 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida 5 kv metr maydonga zarar yetgan. Jabrlanganlar yo‘q. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga oshxonadagi kichik yong‘in sabab bo‘lgan.

Toshkent xalqaro aeroporti normal rejimda ishlayotgani ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda bir-biriga tutash qurilgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in aeroport oshxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made