Toshkent aholisining qancha avtomobili borligi aytildi
O‘zbekiston
−
25 Yanvar 2023 14953 1 daqiqa
Toshkent shahri aholisiga tegishli yengil avtomobillar soni yarim milliondan oshdi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni 562,1 mingtani tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2022 yilning 1 yanvar holati bilan solishtirilganda 94,9 mingtaga oshgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilda O‘zbekiston aholisining har 1000 kishisiga o‘rtacha 87 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelgan edi.
Ozoda Choriyeva
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr