Toshkent – 2021: O‘zbekistonlik sportchi JCH kumush medalini qo‘lga kiritdi 

Sport

image

Bugun, 13 dekabr kuni Toshkentda davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Jahon chempionatining 7-kunida erkaklar o‘rtasida 89 kggacha bo‘lgan vaznli atletlar o‘rtasida final bellashuvi o‘tkazildi va unda Janubiy Koreya vakili Yu Dong Ju g‘alaba qozondi. Ushbu vaznda O‘zbekiston sharafini Sarvarbek Zafarjonov himoya qildi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Dast ko‘tarish mashqida Zafarjonov 166 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirdi va bronza medal uchun 1kg yetishmadi va shohsupadan chetda qoldi. Siltab ko‘tarish mashqida 205 kg toshni ko‘tara olgan bo‘lsa-da, rossiyalik Artyom Akulov og‘irlikni birinchi bo‘ysundirgani uchun kichik oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Ikki kurash natijasiga ko‘ra Jahon chempionligi uchun kurashda Sarvarbek koreyalik Yu Dong Ju bilan kurash olib bordi va bir xil (371 kg) natija qayd etdi. Ammo sportchi ushbu natijani birinchi qayd etgani sabab, kumush bilan cheklandi. 

Erkaklar: 89 kg.
1. Yu Dong Ju (Janubiy Koreya) – 371 (167+204 kg);
2. Sarvarbek Zafarjonov (O‘zbekiston) – 371 kg (166+205 kg); 
3. Revaz Davitadze (Gruziya) – 370 (171+199 kg).

Shuningdek, JCHning ayollar o‘rtasida 71 kg vazn toifasida ishtirok etgan Kumushxon Fayzullayeva ikki kurash yakuniga ko‘ra 228 kg natija qayd etdi va sovrinli o‘rinlardan quruq qoldi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 dekabr kuni 67 kggacha bo‘lgan vaznli atletlar o‘rtasida umumiy hisobda 324 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirgan Doston Yoqubov Jahon chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Og'ir atletika Sarvarbek Zafarjonov Kumushxon fayzullaeva

Baholaganlar

11

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing