Toshkent – 2021: dastlabki g‘olib va sovrindorlar aiqlandi
Sport
−
08 dekabr 2021
2638Kecha, 7 dnekabr kuni og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatining ilk g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.
Dastlabki medallar jamlanmasi erkaklar o‘rtasida 55 kg vazn toifasidagi bahslarda o‘z egalariga topshirildi
Qozog‘istonlik Arli Chontey dast ko‘tarishda 118 kg, siltab ko‘tarishda esa 142 toshni o‘ziga bo‘ysundirib, umumiy hisobda 260 kg natija bilan Jahon chempioniga aylandi. Ikkinchi o‘rin tailandlik Tada Sambonuanga, uchinchi pog‘ona esa bolgariyalik Angel Rusevga nasib etdi.
Og‘ir atletika. Jahon chempionati
Erkaklar, -55 kg:
1. Arli Chontey (Qozog‘iston) – 260 kg (118+142)
2. Tada Sambonuan (Tailand) – 256 kg (115+141)
3. Angel Rusev (Bolgariya) – 254 kg (110+144)
Eslatib o‘tamiz, Chontey joriy yil Toshkentda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida ham oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.
LiveBarchasi