Toshkent hokimligi ob-havo sabab aholiga murojaat bilan chiqdi

Jamiyat

image

Toshkent shahar hokimligi aholidan zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmasliklarini, ko‘proq suyuqlik iste’mol qilishlarini so‘ramoqda. 

Hokimlik xabariga ko‘ra, keskin issiq havoda barcha insonlar, ayniqsa, surunkali kasalligi bo‘lgan, dispanser nazoratida turuvchi bemorlar, yosh bolalar, homilador ayollar va keksalar o‘zlarini himoyalashlari nihoyatda muhim

“Hurmatli hamshaharlar va poytaxtimiz mehmonlari, issiq va quruq havoning salbiy oqibatlaridan o‘zingizni asrang!” deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24-26 iyulda O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi hisobiga, issiq ko‘tarilishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1134

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing