Toshkent hokimligi ikkita bankning 100 foiz ulushini Rossiyaga sotadi

Jamiyat

image

Joriy yil oxirigacha O‘zbekiston hukumati Rossiyaning “Sovkombank” va “Ekspobank”i bilan mamlakatning “O‘zagroeksportbank” va “Poytaxtbank”larining 100 foiz ulushini sotish bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi. Bu haqda “Sputnik” yozmoqda.

“O‘ylaymanki, yil oxirigacha “Sovkombank” va “Ekspobank” bilan mos ravishda “O‘zagroeksportbank” va “Poytaxtbank”ning 100 foiz aksiyalarini sotish bo‘yicha shartnomalar imzolaymiz”,  deydi O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, Jamshid Qo‘chqorov Toshkentda bo‘lib o‘tgan MDHga a’zo davlatlarning II Xalqaro moliya-bank forumida.

Qo‘chqorovning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yilning birinchi choragi yakunida tomonlar muayyan tartib-qoidalardan o‘tadi. Natijada, sotuvning o‘zi keyingi yilda amalga oshiriladi.

“Poytaxtbank” 2018 yil oxirida tashkil etilgan bo‘lib, to‘liq Toshkent shahar hokimligiga tegishli.

Joriy yilning 1 avgust holatiga ko‘ra, bank aktivlari 256 milliard so‘mni, majburiyatlari 125 milliard so‘mni, kredit portfeli 99 milliard so‘mni tashkil etadi.

“O‘zagroeksportbank” 2017 yildan buyon faoliyat yuritib, respublika agrosanoat majmuasi korxonalarini kreditlashga ixtisoslashgan hamda to‘liq O‘zbekiston poytaxti ma’muriyatiga tegishli.

“Ekspobank” Rossiya bozorida 1994 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Bank aktivlari 2021 yilning yanvar-iyun oylari natijalariga ko‘ra 130,5 milliard rublga yetdi. Shunday qilib, “Ekspobank” birinchi marta aktivlari bo‘yicha Rossiyaning eng yaxshi 50 banki qatoriga kirdi.

“Sovkombank” universal bank bo‘lib, 1 oktyabr holatiga ko‘ra aktivlari bo‘yicha Rossiya banklari orasida 10-o‘rinni egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

579

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing