Toshkent hokimligi aholini ogohlantirdi

Jamiyat

image

Bugun, 13 may kuni poytaxt Toshkentda havo o‘zgarib, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, kuchli shamol ko‘tarilishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +16...+18 daraja, kunduzi +18...+20 daraja bo‘ladi. Shu munosabat bilan Toshkent shahar hokimligi poytaxt aholisiga ogohlantirish bilan chiqdi.

Ta’kidlanishicha, bunday ob-havo sharoiti daraxt va ularning shoxlarini sinishi, mustahkam o‘rnatilmagan turli konstruksiyalarning joyidan qo‘zg‘alishiga, shikastlanishiga sabab bo‘lib, uning ostida va yaqinida turgan insonlar va avtomobillarga zarar yetkazishi mumkin.

“Shu sababli avtomobillaringizni daraxtlar va boshqa turli mustahkam bo‘lmagan konstruksiyalardan uzoqroq, xavfsiz joyga qo‘yishingizni, kuchli shamol kuzatilganida ko‘chada harakatlanmasligingizni, uyda qolishingizni  so‘raymiz.

O‘zingiz va mulkingizni baxtsiz hodisalardan asrang”, deya ogohlantirgan hokimlik.

Ma’lumot uchun, poytaxtda nafaqat bugun, balki ertaga, 14 mayda ham shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilyapti. Ertangi ob-havo ma’lumotlari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent ob-havo hokimiyat

Baholaganlar

510

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing