Toshkent havosi ifloslangan shaharlar reytingida 2-o‘ringa chiqdi
Jamiyat
−
16 yanvar 5684 1 daqiqa
Bugun, 16 yanvar kuni O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahri dunyoning yirik shaharlari orasida havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha 2-o‘ringa chiqdi. Bu haqda ma’lumot real vaqt rejimida faoliyat yurituvchi IQAir portalida keltirilgan.
Unga ko‘ra, soat 20:30 atrofida Toshkent havosida mayda PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 174 mkg/m3 ni tashkil etgan – bu JSST tomonidan tavsiya etilgan o‘rtacha havo sifati ko‘rsatkichidan 34,8 baravarga ko‘p.
Ma’lumot uchun, bunday ob-havo sharoitida aholidan zarurat bo‘lmasa ko‘chaga chiqmaslik, surunkali nafas olish yo‘llari kasalliklariga chalingan fuqarolar tibbiy niqoblardan foydalanishi tavsiya qilinadi.
Ko‘chadan uyga kirgandan keyin yaxshilab yuz-qo‘llarni yuvish, xonada chang to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik, eshik va derazalarni mahkam yopish va kuniga bir necha marta yaxshilab nam latta bilan tozalash kerak.
Live
Barchasi