Toshkent havosi ayrim kasallikka chalinganlar uchun zararli deb topildi
Jamiyat
−
18 Oktabr 2023
7324Toshkent shahrida havo sifat darajasi “nozik guruhlar” (allergik va nafas olish organlarida muammosi bor aholi) qatlami uchun “nosog‘lom” deb topildi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, poytaxt havosining sifat darajasi “qizil” xavfga ega bo‘lib, bugun, 18 oktyabr kuni soat 17:00 holatiga ko‘ra PM2,5 konsentratsiyasi JSST tavsiya qilgan yillik havo sifati me’yoridan yuqori darajani qayd etmoqda. Shu bois mutaxassislar shahar aholisidan ko‘cha-ko‘yda chiqishdan oldin niqob taqishni so‘ramoqda.
Amerika Qo‘shma Shtatlarining real vaqt rejimida faoliyat yurituvchi IQAir portalida keltirilishicha, ayni damda Toshkent shahri – havosi eng ifloslangan dunyo shaharlari reytingida 7-o‘rinni band etmoqda.
Mazkur ko‘rsatkich kecha, 17 oktyabr kuni kechki paytda eng yuqori darajaga chiqqan edi.