Toshkentdagi ko‘chalardan biri sentyabrgacha yopildi
Jamiyat
−
24 avgust 2020 8181 1 daqiqa
Toshkentning avtomobil oqimi ko‘p ko‘chalaridan biri ta’mirlash ishlari sabab, 1 haftaga yopildi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 23 avgustdan 1 sentyabrga qadar Toshkentdagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasining Bektemir shoh ko‘chasidan Munis ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan qisman yopiladi.
“Haydovchilardan tirbandliklarni oldini olish maqsadida aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya qilamiz. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi hokimlik xabarida.
Ahrorbek Hayrullayev
Live
Barchasi
SAXAL jurnalistlarga zarba berilganini tasdiqlab, ulardan birini “Hizbulloh” terrorchisi deb atadi
28 mart
Tramp “qora shahzoda”ni “orqasidan o‘pishi kerak”ligini va unga “bu yoqimli bo‘lishi”ni aytdi
28 mart