Toshqulov vazir bo‘ldi. Uchta OTMga yangi rektorlar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14 yanvardagi 6141-son farmoni bilan Abdukodir Xamidovich Toshkulov O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga tayinlandi. Shuningdek, Respublikadagi 3 ta OTMga rektorlar tayinlandi. Sobiq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov O‘zbekiston Milliy universiteti rektori etib tayinlangan.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan:

  • O‘ktam Rahimovich Salomov Farg‘ona politexnika instituti rektori;
  • Avazjon Rahimovich Marahimov Termiz davlat universiteti rektori lavozimiga tayinlangan.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

515

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing