Toshqulov: Super-kontrakt o‘z ahamiyatini yo‘qotmoqda
Jamiyat
−
09 Sentabr 2022
1587610 ball to‘plaganlar ham talaba bo‘la oladi, lekin, o‘qishni bitirolmasligi mumkin. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov bugun, 9 sentyabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Uning axborot berishicha, bugungi kunda O‘zbekistondagi OTMlarda oshirilgan super-kontrakt evaziga o‘quvchi talabalar soni juda kam.
“O‘tgan 4 yildan buyon super-kontraktga o‘qish istagini bildirganlar 6 barobar kamaydi. Buning sababi, kvota ko‘paydi, o‘qish imkoniyati oshdi. Xususiy oliy o‘quv yurtlari, xalqaro universitetilar ortmoqda. Shuningdek, o‘zbekistonliklarning ham xorijda o‘qishiga cheklovlar yo‘q. Ya’ni super-kontrakt o‘z-o‘zidan ahamiyatini ancha yo‘qotib bormoqda. Super-kontraktda bolasini o‘qitayotganlar hozir juda kam”, deydi vazir.
Shuningdek, Abduqodir Toshqulov endilikda OTMni bitirish oson bo‘lmasligini ham eslatib o‘tdi:
“O‘qiy olmagan talaba ma’lum bosqichdan keyin o‘qishdan ketadi. Hozirgacha biz 0.01 % talabani ham o‘qishdan chetlashtirmaganmiz. Endi talaba bilimi bo‘lsagina o‘qishni davom ettira oladi. Shuning uchun endi bolasi o‘qib ketishiga ko‘zi yetgan ota-onalar super-kontrakt to‘lasin”.
Abituriyentning imtihonda past ball to‘plashini esa vazir test yechishga qobiliyatning yo‘qligi yoki imtihon jarayonlarida hayajonlanishi mumkinligi bilan izohladi.
“Keling, boshqa yo‘ldan yuraylik, o‘qishga kirish oson bo‘lsin. Super-kontrakt bo‘ladimi, qo‘shimcha o‘rinmi, nima qilib bo‘lsa ham o‘qishga kirsin-da, layoqati bo‘lsa diplom olib chiqib ketsin. Butun bunyoda shunday”, deydi Toshqulov.
Hulkar Murtazoyeva
LiveBarchasi