Toshqin oqibatida “Valensiya” - “Real” o‘yini boshqa kunga ko‘chirildi
Sport
−
31 Oktabr
2066Ispaniya La Ligasining 12-turidan o‘rin olgan “Valensiya” - “Real” bahsi mamlakatda yuz bergan “Dan” to‘foni sababli boshqa muddatga qoldirildi. Bu haqda “Relevo” xabar berdi.
To‘fon oqibatida Valenciya va Albasete provinsiyalari katta zarar ko‘rdi. Mazkur hududlardagi barcha sport klublarining o‘yinlari boshqa muddatga qoldirildi.
Ispaniyaning barcha yirik klublari, jumladan, “Real Madrid” va “Barselona” tabiiy ofatdan jabr ko‘rganlarni qo‘llab-quvvatlashlarini va moliyaviy yordam berishga tayyor ekanini rasman bildirdi.
Hozircha “Valensiya”-“Real” uchrashuvi aynan qaysi sanada o‘tkazilishi noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq toshqin oqibatida halok bo‘lganlar soni 100 nafarga yaqinlashgani xabar qilingandi.
Ushbu suv toshqini 2021 yil Germaniyada 185 kishi halok bo‘lgan ofatdan keyin Yevropadagi eng falokatlisi hisoblanmoqda. Shuningdek, bu zamonaviy Ispaniya tarixidagi eng yomoni, chunki bungacha eng halokatli hisoblangan 1996 yildagi Pireney tog‘larining Beskas shahri yaqinidagi suv toshqini qurbonlari soni 87 kishi atrofida bo‘lgan.
LiveBarchasi