Torres PSJ o‘tishga yaqin turibdi – OAV
Sport
−
09:46 458 1 daqiqa
“Barselona” hujumchisi Ferran Torres PSJ shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Parij klubi futbolchi bilan to‘rt yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishilgan. PSJ 2026 yilgi Jahon chempionati finalida hal qiluvchi golni urgan futbolchini taxminan 50 million yevroga sotib olishga tayyor.
Manbaga ko‘ra, 26 yoshli Torresning PSJga transferida “katta kelishmovchilik” yuzaga kelmasa, bitim amalga oshadi. Tomonlar bir necha kundan buyon muzokara olib bormoqda. Unda sport direktorlari Deku va Luis Kamposning shaxsiy do‘stligi ham muhim rol o‘ynagan.
Barcha tomonlar kelishuvni 12 avgustga qadar, ya’ni Jahon chempionatida g‘olib chiqqan Ispaniya terma jamoasi futbolchilari “Barselona” mashg‘ulotlariga qaytishi kerak bo‘lgan kungacha yakunlashni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, Ferran Torres 2022 yil yanvaridan buyon “Barselona” safida to‘p tepmoqda. U Kataloniya klubiga “Manchester Siti”dan ko‘chib o‘tgan. Torres “Barselona” bilan 7 ta ichki sovrinni qo‘lga kiritgan.
Live
Barchasi