Tongda Amerika kubogida finaldan oldingi final o‘tkaziladi

Sport

image

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Braziliya yashil maydonlarida "Copa America - 2019" musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqa o‘zining hal qiluvchi pallariga yetib keldi. Ertaga tongda chempionatning yarim finalda mezbonlar Braziliya terma jamoasi Argentina termasiga qarshi to‘p suradilar.

E’tiborlisi, mezbonlar safida ushbu musobaqani Neymar jarohat sabab o‘tkazib yubormoqda. Argentinaliklar esa musobaqa favoriti nomiga unchalik ham munosib ko‘rinishmayapti. Jamoa sardori Lionel Messining ishlari ham yaxshi emas. Hujumchi ushbu musobaqada o‘tkazilgan 4 ta o‘yinda bor-yo‘g‘i bitta gol muallifiga aylandi. U ham penaltidan kiritildi.

Ammo, ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, Maradonaning vatandoshlari endi ochilishmoqda. Chunki oxirgi ikkita o‘yinda Argentina raqiblarini ishonchli tarzda mag‘lub etishdi. avvaliga Osiyo chempioni 2:0 hisobida mag‘lub etildi, keyin esa Venesuela termasi ham xuddi shunday hisobda taslim bo‘ldi.

Ertangi yarim final g‘olibi finalda Peru va Chili qarama-qarshiligi g‘olibiga qarshi to‘p suradi. Ma’lumot uchun, Amerika kubogining oxirgi 2 ta finalida muxlislar Argentina - Chili qarama-qarshiligiga guvoh bo‘lishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Braziliya Argentina Amerika kubogi

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing