Tomas Bax XOQ prezidenti etib qayta saylandi
Sport
−
10 mart 2021
2362Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) rahbari Tomas Bax o‘z lavozimiga qayta saylandi. Saylovlar davomida u yagona nomzod edi. Natijada, Baxning nomzodini 93 kishi qo‘llab-quvvatladi, to‘rt kishi betaraf qoldi va bir nafar delegat qarshi ovoz berdi.
Baxni qayta saylash to‘g‘risidagi qaror XOQning onlayn tarzda o‘tkazilayotgan 137-sessiyasi paytida qabul qilindi. Sessiyaning translyatsiyasi XOQning YouTube kanalida mavjud.
Baxning yangi prezidentlik muddati to‘rt yilga – 2025 yilgacha hisoblanadi.
Qilichbozlik bo‘yicha Germaniya terma jamoasining sobiq a’zosi 2013 yil sentyabridan beri Olimpiya qo‘mitasini boshqarib kelmoqda. Ushbu lavozimda u belgiyalik Jak Roggening o‘rnini egallagan.
Bax tarixda XOQ prezidenti bo‘lgan birinchi Olimpiya chempioni bo‘ldi. U 1976 yilda Monrealda bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda oltin medalni qo‘lga kiritgandi. Tomas folga qilichbozlik bo‘yicha jamoaviy musobaqada Germaniya terma jamoasi bilan g‘alaba qozongan.
LiveBarchasi