“Tolibon” jangarilari orasida “tozalash” ishlarini olib boradi – OAV
Olam
−
23 Sentabr 2021
12504Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon” rahbariyati tez orada o‘z jangarilari orasida toliblar tamoyillariga zid bo‘lgan harakatlarni amalga oshirganlarni aniqlashni boshlaydi. Bu haqda Afg‘onistonning “Shamshad TV” telekanali ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, “Afg‘oniston Islom Amirligi” maxsus komissiyasi o‘z saflarni tozalash deb ataladigan ushbu jarayonga javobgar bo‘ladi. Maxsus komissiya axloqiy buzilish, korrupsiya, shaxsiy adovat, odamlarni talon-taroj qilish va ta’qib qilish bilan shug‘ullangan jangarilarni aniqlaydi va keskin chora ko‘radi.
Ma’lum qilinishicha, bu bo‘yicha harakat rahbariyatining maxsus farmoni ikki hafta ichida qabul qilinishi mumkin va u Afg‘oniston Islom Amirligining barcha kuch tuzilmalariga, shu jumladan razvedka, Ichki ishlar va Mudofaa vazirliklariga yuboriladi.
Ma’lumot o‘rnida, “Tolibon” 1996-2001 yillarda ham Afg‘onistonni boshqargan va o‘sha vaqtda ham shunga o‘xshash “tozalash” ishlari bilan shug‘ullanuvchi komissiya faoliyat yuritgan.
LiveBarchasi