“Tolibon” vakillari Islom hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etdi
Olam
−
06 may 2024
3373“Tolibon” rahbariyati Gambiya poytaxti Banjul shahrida bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkilotining (IHT) 15-sammitida ishtirok etdi. Bu haqda “Tolibon” muvaqqat hukumati Tashqi ishlar vazirligi X ijtimoiy media platformasidagi akkauntida bayonot berdi.
Xabarda ta’kidlanishicha, tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Abdulkahar Belxiy boshchiligidagi delegatsiya Banjul shahrida bo‘lib o‘tgan IHTning 15-sammitida ishtirok etgan.
Ushbu hisobotga ko‘ra, IHT “Tolibon” ma’muriyatiga sammitda ishtirok etish uchun rasmiy taklifnoma yuborgan va delegatsiya IHT va turli mamlakatlar vakillari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, “Tolibon” ma’muriyati o‘tgan oy Qobulga kelgan IHTning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Tariq Ali Baxitga sammitda ishtirok etish istagini bildirgandi.
LiveBarchasi