“Tolibon” vakili unga turmushga chiqishga rozi bo‘lmagani uchun o‘smir qizni o‘ldirdi
Olam
−
09 noyabr 2022
16927“Tolibon” ma’muriyatining Balx viloyati Sho‘lgar tumanidagi “Ezgulikni targ‘ib qilish va illatlarning oldini olish” bo‘limi boshlig‘i mulla Yasin bir qizni unga turmushga chiqishdan bosh tortgani uchun o‘ldirdi. Bu haqda “Khaama Press” nashri xabar bermoqda.
Balx viloyatidagi “Tolibon” hukumati rasmiylari hodisa sodir bo‘lganini tan olgan, shuningdek, Mulla Yasin hibsga olinganini ma’lum qilgan.
Ammo Balx viloyatidagi manbaning aytishicha, mulla Yasin “Tolibon” politsiyasining Sho‘lgar tumanidagi shtab-kvartirasida qisqa hibsga olinganidan so‘ng tez orada qo‘yib yuborilgan.
O‘ldirilgan o‘smir qizning shaxsi va yoshi oshkor etilmagan.
Ma’lumot uchun, 2021 yilning 15 avgustida “Tolibon’’ Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olib, mo‘’tadil siyosat e’lon qilgani bilan dunyoni lol qoldirgan edi. Asosiy va’da ayollar huquqlarini himoya qilish bo‘lib, qizlarning maktablarda o‘qishi, ayollarning huquqlari hurmat qilinishi va hokimiyat muxoliflarining hech biridan o‘ch olinmaslik edi.
LiveBarchasi