“Tolibon” vakili Mirziyoyevga rahmat aytdi 

Jamiyat

image

Afg‘oniston muvaqqat hukumati rasmiy vakili Zabihullo Mujohid butun afg‘on xalqi nomidan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga bugungi sinovli davrda qo‘llab-quvvatlagani va birdamligi uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

“Butun afg‘on xalqi nomidan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga og‘ir damlarda mamlakatga ko‘rsatayotgan yuksak e’tibori, qo‘llab-quvvatlashi va birdamligi uchun chuqur minnatdorligimizni bildiramiz. O‘zbekiston rahbari Afg‘oniston xalqiga ko‘mak ko‘rsatish chaqiruviga birinchilardan bo‘lib e’tibor qaratgani, uning siyosatini ko‘p millatli xalqimiz chinakam insonparvarlik, birodarlik va yaxshi qo‘shnichilikning namoyoni sifatida baholaydi”, deydi Zabihullo Mujohid.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 14 sentyabr kuni  O‘zbekiston Afg‘onistonga 1 300 tonna insonparvarlik yordamini yubordi. Uni “Tolibon” vakillariga Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov va O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev topshirgan. Yordam yukini harakat nomidan Zabihullo Mujohid qabul qilib olgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun, 14 sentyabr kuni Buyuk Britaniyaning Janubiy Osiyo va Hamdo‘stlik ishlari bo‘yicha davlat vaziri lord Tariq Ahmad bilan uchrashuvda jahon hamjamiyatini Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish va mamlakatda gumanitar falokatning oldini olishga qaratilgan harakatlarini davom ettirishga chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1424

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing