“Tolibon” vakili mamlakatdagi elektr uzilishlarida O‘zbekistonni aybladi
Olam
−
13 dekabr 2022
17822Afg‘onistonning DABS energetika kompaniyasi vakili Hikmatulla Mayvandi Qobul oldidagi shartnoma majburiyatlarini vaqtincha bajara olmaganiga O‘zbekiston elektr tarmog‘idagi muammolarni sabab qilib kursatgan. Uning videomurojaatini Afg‘oniston Muvaqqat hukumat – "Tolibon" Matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid Twitter'dagi sahifasiga joylagan.
Mayvandiga ko‘ra, “Tolibon” ichki quvvatni oshirish, shu jumladan, Afg‘oniston issiqlik elektr stansiyasini qayta ishga tushirish orqali energiya tanqisligini qoplashga harakat qilmoqda. Davlat muassasalarining energiya sarfini kamaytirish va bo‘shatilgan resursni turar joy binolariga yo‘naltirishga va’da berilmoqda.
Ma’lumot uchun, Da Afghanistan Breshna Sherkat (DABS) – mustaqil va avtonom kompaniya bo‘lib, Afg‘onistonning “Korporatsiyalar va cheklangan javobgarlik to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq tashkil etilgan. DABS mas’uliyati cheklangan jamiyat bo‘lib, barcha aksiyalari Afg‘oniston hukumatiga tegishli.
Kompaniya 2008 yil 4 mayda tashkil etilgan. DABS butun Afg‘oniston bo‘ylab elektr energiyasini ishlab chiqarish, import qilish, uzatish va taqsimlashni tijorat asosida boshqaradi.
LiveBarchasi