“Tolibon” va qarshilik kuchlari Tojikistonda muzokara o‘tkazadi

Olam

image

Tojikiston poytaxti Dushanbeda “Tolibon” harakati vakillari va Afg‘oniston milliy qarshilik fronti o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Bu haqda kecha, 17 sentyabr kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Pokiston Bosh vaziri Imron Xon bilan bo‘lib o‘tgan muzokarada ma’lum qildi. 

“Panjsher viloyatidagi mojaro va keskinliklarni ertaroq to‘xtatish, sulh e’lon qilish va mintaqa aholisiga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun yo‘llarni ochish – bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir. Tojikiston va Pokiston ushbu maqsadga erishish uchun barcha rejalarni kelishib oldi. Biz Dushanbeda toliblar va qarshilik kuchlari o‘rtasida muzokara o‘tkazamiz”, dedi Imomali Rahmon.

Qayd etilishicha, ushbu muzokaralarda Tojikiston va Pokiston vakillari ham ishtirok etadi.

Imomali Rahmonning ta’kidlashicha, afg‘onlarning normal hayotini ta’minlash va mintaqadagi barcha davlatlar xavfsizligini himoya qilish uchun Afg‘onistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni barqarorlashtirish zarur.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Imomali Rahmon Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining navbatdagi sammitida Afg‘onistondagi vaziyatlarga ham to‘xtalib o‘tib, xalqaro hamjamiyatni 2001 yil 11 sentyabr hurujlari yana takrorlanishidan ogohlantirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

309

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing