“Tolibon” o‘zbeklar ishtirokida yangi hukumat tuzishi mumkin

Olam

image

“Tolibon” harakati Afg‘onistonni boshqarish uchun tojiklar, hazoriylar va o‘zbeklardan iborat inklyuziv hukumat tuzishi mumkin. Bu haqda Pokiston Bosh vaziri Imron Xon kecha, 18 sentyabr kuni o‘zining Twitter sahifasida yozgan.

Qayd etish kerakki, aynan Pokiston toliblar ortida turgan kuch hisoblanadi. Rasmiy Islomobod “Tolibon” bilan bevosita bog‘langan. 

“Dushanbeda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar rahbarlari bilan uchrashuvdan so‘ng, ayniqsa, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan uzoq munozaradan keyin, tojiklar, hazoriylar va o‘zbeklardan iborat inklyuziv hukumat tuzish borasida “Tolibon” bilan muloqot boshladim”, deya qayd etgan Imron Xon.

“40 yillik mojarolardan so‘ng, bu inklyuzivlik nafaqat Afg‘oniston, balki butun mintaqa manfaatlariga mos keladigan tinch va barqaror Afg‘onistonni ta’minlaydi”, deya qo‘shimcha qilgan Imron Xon.

Eslatib o‘tamiz, Dushanbeda bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti oldidan Pokiston Bosh vaziri Imron Xon O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ham uchrashgandi.  

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 7 sentyabr kuni “Tolibon” harakati Afg‘onistonni boshqarish uchun muvaqqat hukumat tuzgandi. O‘z navbatida, rasmiy Toshkent muvaqqat hukumat tuzilishini olqishlagan


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

778

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing