“Tolibon” o‘zbek tilining rasmiy maqomini bekor qildi – OAV

Jamiyat

image

“Tolibon” Afg‘oniston uchun vaqtinchalik qonun chiqardi. Unga ko‘ra, yangi boshqaruv tizimi o‘rnatiladi va qonun hujjatlarida ilgari mustahkamlangan uchta til o‘rniga ikkita rasmiy til qoladi. Bu haqda RIA Novosti o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda

“Asoslar”, deb nomlangan ushbu qonun hujjatida Afg‘onistonning rasmiy dini – Islom, Sunniylik yo‘nalishining Hanafiy mazhabi, shuningdek, mamlakatning rasmiy tillari sifatida pushtu va dari ko‘rsatilgan. Avvalroq, Afg‘onistonda ushbu ikki til bilan bir qatorda o‘zbek tili ham rasmiy maqomga ega edi. Asosan shimoliy viloyatlarda o‘zbek tili ko‘p qo‘llaniladi. 

Hujjatga ko‘ra, Afg‘onistonda islom huquqshunoslari majlisi va oliy kengash tuziladi, unga har bir viloyatdan siyosatchilar, olimlar va ruhoniylar kiradi.

Ijroiya hokimiyat boshlig‘i – Prezident, uni fuqarolar va oliy kengash a’zolari saylaydi. Saylovning ochiqligini ta’minlash uchun saylov komissiyasi tuziladi. Agar oldingi hukumat davrida Afg‘oniston Milliy Assambleyasi vakillari deputatlik daxlsizligidan foydalangan bo‘lsa, yangi hukumat davrida ular bunday vakolatdan mahrum etilgan.

Qayd etilishicha, “inglizlar, ruslar va amerikaliklardan mustaqillikka erishilgan kun” bayram sifatida har yili nishonlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avval ham “Tolibon” Afg‘onistonda o‘zbek tilining rasmiy maqomini bekor qilgani haqida turli xabarlar tarqalgandi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi holatga oydinlik kiritib, mamlakat “Tolibon” rasmiylari bilan doimiy aloqada ekani hamda o‘zbek tili rasmiy til sifatida qolishi haqida xabar bergandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1463

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing