“Tolibon” o‘t ochishni to‘xtatmoqchi. Faqat uning shartlari bor
Olam
−
15 iyul 2021
19930“Tolibon” harakat jangarilarining ozod qilinishi evaziga Afg‘oniston hukumatiga yarashuv taklif qildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, “Tolibon” Afg‘oniston hukumatiga uch oy o‘t ochishni to‘xtatish taklifi bilan murojaat qilgan. Evaziga esa avvalroq qo‘lga olingan harakatning 7 ming nafar jangchisini ozod etilishini talab qilgan. Bu haqda Qatar poytaxti Dohada “Tolibon” bilan muzokaralarda bo‘lgan Afg‘oniston hukumati delegatsiyasi a’zosi Nader Nederi ma’lum qilgan.
“Tolibon” uch oy oylik sulx taklif qildi, ammo buning evaziga o‘zining 7 ming nafar jangchisini ozod qilishni so‘ramoqda. Bu jiddiy talab, avval ham “Tolibon” vakillarining 5 ming nafarini ozod qilganmiz, biroq vaziyat yaxshilanmagandi, aksincha keskinlikning oshishiga sabab bo‘lgan”, deydi Nederi.
Xabarga ko‘ra, matbuot anjumani bugun, 15 iyul kuni Dohaga muzokaralar uchun boradigan 11 afg‘on siyosatchisidan iborat delegatsiyaning Kobuldagi uchrashuvi oldidan bo‘lib o‘tgan.
Qayd etilishicha, Dohadagi uchrashuvga Kobul delegatsiyasi tarkibida Afg‘oniston sobiq Prezidenti Hamid Karzay va Afg‘oniston Milliy yarashuv bo‘yicha Oliy kengashining raisi Abdulla Abdullaning borishi kutilmoqda. “Tolibon” delegatsiyasiga ularning asosiy muzokarachisi Abdul G‘ani Baradar rahbarlik qiladi.
LiveBarchasi