“Tolibon” terrorchilar ro‘yxatidan chiqargani uchun Moskvadan minnatdor

Olam

image

Afg‘oniston Rossiya “Tolibon”ni taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqargani uchun Moskvadan minnatdor.  Bu haqda Afg‘onistonning Moskvadagi elchixonasiga tayanib TASS xabar berdi. 

“Biz qaror uchun minnatdormiz, bu hamkorlikni mustahkamlashga yordam beradi”, deyiladi diplomatik tashkilot bayonotida. 

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, Rossiya Federatsiyasi Oliy sudining “Tolibon” harakati faoliyatini taqiqlashni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori Moskvaning BMT Xavfsizlik kengashining sanksiyalar rejimiga rioya qilish bo‘yicha xalqaro majburiyatlarini o‘zgartirishga olib kelmaydi. 

“Rossiya Federatsiyasi Oliy sudining “Tolibon” harakatining terrorchilik maqomini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori Rossiya Federatsiyasining “Tolibon” harakati bilan aloqador jismoniy va yuridik shaxslarga, shuningdek, boshqa guruhlar va korxonalarga nisbatan BMT Xavfsizlik kengashining sanksiya rejimiga rioya qilish bo‘yicha xalqaro majburiyatlarini o‘zgartirishga olib kelmaydi”, deyiladi vazirlik xabarida. 

Tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, “Tolibon”dan terrorchi maqomi olib tashlanishi Qobul bilan rus va afg‘on xalqlari manfaatlari yo‘lida amalga oshirilayotgan to‘laqonli hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga yo‘l ochadi.  

“Moskva Qobul bilan savdo, ishbilarmonlik va sarmoyaviy aloqalarni oshirishga alohida e’tibor qaratmoqchi. Ko‘rinib turibdiki, Afg‘oniston o‘zining noyob geostrategik pozitsiyasiga ega bo‘lib, kelajakda yirik energetika va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda bo‘g‘in bo‘lishga qodir”, deyiladi TIV xabarida. 

Qo‘shimcha qilinishicha, Rossiya Afg‘oniston bilan barcha sohalarda, jumladan, giyohvandlik va terrorizmga qarshi kurashda ham o‘zaro manfaatli aloqalar o‘rnatishni maqsad qilgan.  

“Rossiya tomoni ushbu davlat hukumati tomonidan o‘z hududida ISHIDning afg‘on qanoti – “Viloyat Xuroson” (“Islomiy davlat” terrorchilik tashkilotining Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan bo‘limi)ga qarshi o‘tkazgan harbiy amaliyotlari uchun minnatdorlik bildiradi, ular “global jihod”ning o‘ta radikal mafkurasini tan oladilar”, deya qo‘shimcha qildi TIV. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Tolibon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing