“Tolibon” Suriya muvaqqat prezidentini tabrikladi

Olam

image
Asad o‘rniga Ash-Shara. Suriyani qanday kelajak kutmoqda? north_east

Asad o‘rniga Ash-Shara. Suriyani qanday kelajak kutmoqda?

Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatining bosh vaziri Hasan Oxund Suriyaning yangi prezidenti Ahmad ash-Sharaga maktub yo‘llab, uni Suriya muvaqqat prezidenti etib tayinlangani bilan tabrikladi. Bu haqda Amu TV xabar berdi.

Suriya muammolarini hal etishda muvaffaqiyatlar tilaganini e’lon qildi. Oxund o‘z murojaatida Afg‘oniston va Suriya o‘rtasidagi “qardoshlik munosabatlari” mustahkamlanishiga umid bildirib, aloqalarni mustahkamlash ikki xalq manfaatlariga xizmat qilishini ta’kidladi.

Bu 2021 yil avgustida “Tolibon” hokimiyatni qo‘lga kiritganidan beri Oxund birinchi marta xorijlik yetakchi bilan bevosita muloqotda bo‘ldi.

Ahmad ash-Shara, 1982 yilda Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida tug‘ilgan, 2025 yil yanvarida Rossiyaga qochgan prezident Bashar Asadning hokimiyatdan ag‘darilishiga olib kelgan hal qiluvchi hujumni boshqarganidan so‘ng Suriyaning muvaqqat prezidenti bo‘lgan.

Bungacha ash-Shara dastlab “Al-Qoida” bo‘limi sifatida tuzilgan “Hayat Tahrir ash-Shom” guruhiga qo‘mondonlik qilgan. Uning rahbarligida guruh Suriyadagi fuqarolar urushida muhim rol o‘ynadi va Asad ketganidan keyin o‘tish davri hukumati o‘rnatilishi bilan yakunlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyaning yangi rahbariyati ilk tashrif bilan Saudiya Arabistoniga borgandi. Tashrif Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri, shahzoda Faysal ibn Farhon Ol Saudning rasmiy taklifiga binoan uyushtirilgan. Ammo tashrif tafsilotlari oshkor qilinmadi. Shundan so‘ng, Suriya muvaqqat hukumati tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Asad Hasan ash-Shiboniy rasmiy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklariga bordi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing