“Tolibon” seriallar namoyishiga ham cheklov qo‘ydi

Olam

image

Afg‘onistondagi hukmron “Tolibon” harakati mamlakatda har qanday xorijiy teleseriallar ko‘rsatilishini rasman taqiqladi. Bu haqda “RIA Novosti” manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Afg‘onistonda avval Hindiston va Turkiya seriallari efirga uzatilgan. Ular xuddi shu mamlakatlar musiqalari kabi katta auditoriya orasida mashhur bo‘lgan. 

“Tolibon” Madaniyat komissiyasi va Taqiqlash ishlari bo‘yicha vazirlik rasmiylari kecha, 17 mart kuni afg‘on teleradiokompaniyalari vakillari bilan uchrashgan. 

“Tolibon” dari va pushtu (Afg‘onistonda eng keng tarqalgan tillar – tahr.) tillariga tarjima qilingan har qanday xorijiy teleseriallarni ko‘rsatishni to‘xtatishni aniq aytdi”, degan uchrashuv ishtirokchisi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi hokimiyat taqiq buzilgan taqdirda hech qanday bahonani qabul qilmasligini qayd etgan. 

“Afg‘onistonda kino sanoati yo‘q, xorijnikini almashtira oladigan bironta ham serial yoki film yo‘q. Bu cheklov televizorlarni o‘chirish kerakligini anglatadi”, deydi uchrashuv ishtirokchisi. 

Ma’lumot uchun, 2021 yil bahorida AQSH Afg‘onistondagi qo‘shinlarini olib ketishini e’lon qilgach, “Tolibon” mamlakatda nazorat o‘rnatish uchun keng ko‘lamli operatsiyalarni boshladi. O‘tgan yilning 15 avgustida toliblar jangsiz Qobulga kirishi ortidan Prezident Ashraf G‘ani respublikani tark etgach, Vashington ma’muriyati ag‘darilgan Afg‘oniston hukumatining AQSH banklaridagi davlat zaxiralarini muzlatib qo‘ydi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki ham Qobulga yordam berishni to‘xtatdi. Muzlatilgan mablag‘larning umumiy miqdori taxminan 9,5 milliard dollarni tashkil etadi.  

“Tolibon” ko‘rayotgan chora-tadbirlarga qaramay, mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat o‘ta og‘irligicha qolmoqda. “Tolibon” rahbariyati bir necha bor Vashingtondan Afg‘oniston davlat zaxiralarini blokdan chiqarishni so‘ragan. Biroq AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken aytishicha, Qo‘shma Shtatlar va boshqa G‘arb davlatlarining Afg‘onistonga moliyaviy yordam ko‘rsatish va uning xorijiy banklardagi aktivlarini muzdan chiqarish bo‘yicha qarorlari “Tolibon”ning keyingi qadamlari asosida qabul qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

“Tolibon”

Baholaganlar

106

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing