“Tolibon” rahbari Toshkentga keldi

Jamiyat

image

8 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Dohadagi Tolibon harakati rahbari, Mulla Barodar Oxun boshchiligidagi siyosiy idoraning vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuv davomida Afg‘onistonda mamlakatda barqaror va uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish maqsadida tinch siyosiy jarayonni ilgari surish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Mulla Barodar afg‘onlararo muloqotning navbatdagi bosqichini Samarqandda o‘tkazish taklifini qo‘llab-quvvatladi. U Afg‘onistondagi hozirgi vaziyatni hisobga olgan holda o‘z vaqtida va dolzarbligini ta’kidladi va ushbu uchrashuv uchun zarur sharoitlarni yaratishga tayyorligi uchun minnatdorchilik bildirdi. 

Muzokaralar chog‘ida afg‘on xalqining o‘z taqdirini o‘zi hal qilishi va o‘z kelajagini qurish huquqi kun tartibida ko‘rib chiqildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

202

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing