“Tolibon” Putinning bayonotini olqishladi

Olam

image

Avvalroq, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “Tolibon” harakatini terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish to‘g‘risida qaror BMT darajasida qabul qilinishi kerakligini, Rossiya Federatsiyasi bu yo‘nalishda harakat qilishini aytgani haqida xabar bergandik.

Afg‘onistonning muvaqqat hukumati bu masalada o‘z fikrini bayon etdi. Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi vakili Abdul Kahhar Balxiyga ko‘ra, vazirlik Putinning “Tolibon”ni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish ehtimoli haqidagi bayonotini olqishlaydi.

“Afg‘oniston Islom Amirligi Tashqi ishlar vazirligi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning Amirlik rahbarlarining ismlari “qora ro‘yxat”dan chiqarilishi haqidagi bayonotlarini olqishlaydi. Urush nihoyasiga yetar ekan, dunyo davlatlari ham Afg‘onistonga munosabati va yondashuvida ijobiy o‘zgarishlar qilishi kerak”, degan Afg‘oniston TIV vakili. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Tolibon” xalqaro hamjamiyat bilan o‘zarolik tamoyiliga asoslangan ijobiy munosabatlarga umid qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

449

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing