“Tolibon” OAVga tirik mavjudotlar tasvirini chop etishni taqiqlamoqchi

Olam

image

Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati ommaviy axborot vositalariga tirik mavjudotlar tasvirini chop etishni taqiqlovchi qonun joriy qilmoqda. Bu haqda NDTV xabar bermoqda.

Yangi qonun ommaviy axborot vositalari uchun bir qator qoidalarni o‘z ichiga oladi. 

Muvaqqat hukumatning axloq vazirligi ommaviy axborot vositalariga barcha tirik mavjudotlar tasvirini chop etishni taqiqlovchi qonunning kuchga kirishi bosqichma-bosqich amalga oshirilishi haqida xabar bergan. Yaxshilikni targ‘ib qilish va yomonlikni oldini olish vazirligi vakili Sayful Islom Xaybarning AFP’ga  ma’lum qilishicha, qonun butun Afg‘onistonga tegishli va rasmiylar tirik mavjudotlar tasvirlari islom qonunlariga zid ekanligiga odamlarni ishontirish ustida ishlaydi.

Shuningdek, Sayful Islom Xaybarning ta’kidlashicha, qonun ijrosida majburlashga o‘rin yo‘q.

“Bu shunchaki maslahat bo‘lib, bu odamlarni bunday narsalar haqiqatan ham shariatga (qonunga) zid ekanligiga va ulardan saqlanish kerakligiga ishontirishga qaratilgan”, deydi Xaybar.

Yana bir jihat shundaki, “Tolibon” rasmiy vakillari ham haligacha ijtimoiy tarmoqlarda odamlarning suratlarini muntazam ravishda joylashtirishni davom ettirmoqda.

“Hozirgacha qonunning ommaviy axborot vositalariga oid moddalariga kelsak, ko‘plab viloyatlarda uni amalga oshirish bo‘yicha harakatlar davom etmoqda, lekin bu hamma viloyatlarda ham boshlanmagan”, dedi Xaybar.

Bu qonun ijrosi Qandahor va qo‘shni Hilmand viloyatida, shuningdek, shimoliy Toxarda boshlangani ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, “Tolibon” muvaqqat hukumati vakillari O‘zbekistondan Termizdagi umumiy bozorda konsert va musiqiy dasturlarni bekor qilishni so‘ragani, aks holda Afg‘oniston fuqarolariga ushbu umumiy bozorga kirishga ruxsat etilmasligi mumkinligi haqida xabar berilgandi, ammo O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mazkur xabarlarni rad etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

“Tolibon” Sayful Islom Xaybar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made