“Tolibon”ning Markaziy Osiyo mamlakatlari qo‘shib olingan xaritasiga o‘zgartish kiritildi
Olam
−
14 dekabr 2022
20708“Tolibon” Afg‘oniston poytaxti Qobul shahrida o‘rnatilgan ulkan globusdagi mamlakatlar joylashuvini tartibga keltirdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Yer kurrasining “Tolibon” versiyasi Afg‘oniston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi chegaralarni belgilash nuqtai nazaridan juda qiziq. Unga ko‘ra, mamalakat hududiga Eron, Pokiston va Markaziy Osiyo davlatlari yerlari qo‘shib olingan. Shuningdek, toliblar xaritadagi o‘zgarish orqali Qozog‘iston bilan chegaradosh bo‘lishi kerakligiga ishora qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, yangilangan globus ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida shov-shuvga sabab bo‘lib ulgurgan. Ushbu xaritaning o‘rnatilishi “Tolibon”ning mintaqa geografiyasidan mutlaqo bexabarligi hamda Afg‘onistonning chegaralar va geografik bo‘linishlarni buzish istagida ekanligini ko‘rsatadi.
Ushbu soha muhandislaridan biri Ismatulloh Habibiy Afg‘onistonning yangilangan xaritasiga munosabat bildirgan. U Afg‘oniston xaritasi haqiqiy o‘lchamidan kattaroq ekanligini va bu xalq o‘z mamlakatini yaxshiroq bilishi maqsadida qilinganini ta’kidlaydi.
Ma’lumot uchun, ushbu globusda yer xaritasini chizgan rassom Obaid Vardak xaritani narvon yordamida qo‘lda chizish uchun to‘rt kun vaqt sarflagan.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15