“Tolibon” xalqaro tuzilmalardan yordam so‘radi
Olam
−
22 iyun 2022
9221Afg‘onistonni nazorat qilayotgan “Tolibon” harakati rahbari Haybatulloh Oxundzoda Xost va Paktika viloyatlarida yuz bergan zilzila munosabati bilan xalqaro tuzilmalardan yordam so‘radi. Bu haqda “Al Jazeera” nashri xabar bergan.
Qayd etilishicha, zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 1 000 nafardan oshib ketgan, jarohatlanganlar soni o‘zgarmagan (610 kishini tashkil qilmoqda).
“Biz xalqaro hamjamiyatni, xayriya va gumanitar tashkilotlarni ushbu fojia munosabati bilan Afg‘oniston xalqiga yordam berishga va motam tutganlarga imkon qadar yordam berishga chaqiramiz”, deydi “Tolibon” so‘zlovchisi Bilol Karimi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 22 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 01:55 atrofida Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘lgandi va bu O‘zbekistonning to‘rtta viloyatida ham sezilgandi.
Zilzila Afg‘onistonning sharqiy qismida joylashgan Paktika va Xost viloyatlarida yuz bergan. Buning oqibatida avvaliga 255 kishi halok bo‘lgani, kamida 150 kishi jarohat olgani haqida ma’lum qilindi, keyinchalik esa qurbonlar soni 920 kishiga, jarohatlanganlar esa 610 kishiga yetdi.
LiveBarchasi