“Tolibon” ichida kelishmovchilik kuchaymoqda 

Olam

image

“Tolibon” harakati yetakchilari o‘rtasidagi kelishmovchilik kuchaydi. Ayniqsa, mamlakatda ayollar ta’limi taqiqlangandan so‘ng, yetakchilar orasidagi umumiy qarashlarga putur yetdi. Xususan, “Tolibon”ning hozirgi rahbari mulla Haybatulla Oxundzodaning Afg‘oniston muvaqqat hukumatini tanqid qilib, ularni “savdogarlar” deb atagan audioyozuvi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Bu haqda “Hasht-e Subh Daily” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Oxundzodaning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuvida “Tolibon” hukumati tanqid ostiga olinib, “bu hukumat emas, tranzaksiya” ekani aytilib, hukumatning bunday savdolashuvi musulmonlar uchun emas, balki bir qancha odamlar manfaatini ko‘zlab, amalga oshirilayotgani ta’kidlangan. 

“Xavfsizlik “hukumat” ichida muhim ahamiyatga ega. O‘z so‘rovlaringizdan voz keching va barcha talablaringizni shariat qonunlariga topshiring, chunki ustunlikka intilish katta xavfga olib keladi”, degan toliblar yetakchisi.

Ma’lumot uchun, Afg‘onistonda qizlar ta’limi bekor qilingach, bu qarorga qarshi bo‘lgan bir necha muvaqqat hukumat vakillari “Tolibon” yetakchisi Haybatulla Oxundzoda nomiga cheklovlarni bekor qilish talabi bilan xat yo‘llagan. Oxundzoda esa talablarni rad etgan.

 “Agar shariat bo‘yicha 12 yoshdan oshgan qizlar uydan yolg‘iz chiqib ketishi mumkinligini isbotlasangiz, ayollarga o‘qishga ruxsat beraman”, degan Oxundzoda ularga javoban.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq BMT vakili bilan uchrashgan Afg‘oniston Ichki ishlar vaziri mamlakatda ayollar ta’limi butunlay cheklanmasligini aytgandi. Yaqinda esa Afg‘onistonda Ayollar inqilobi boshlangani ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing