“Tolibon” g‘oyalari O‘zbekistonga yoyilishi mumkinmi? So‘z Komilovga
Jamiyat
−
22 Oktabr 2021
9492O‘zbekiston hukumati mamlakatga “Tolibon” harakatining mafkurasi kirib kelishidan xavfsirayotgani yo‘q. Chunki ular o‘z g‘oyasini Markaziy Osiyo davlatlariga yoyish niyatida emas. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun o‘tkazilgan Matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
“Kommersant’” nashrining yozishicha, Afg‘onistonning yangi hukumati oldida birinchi navbatda davlat qurish va xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinish vazifalari turibdi.
“Menimcha toliblar oldida turgan vazifalarning ustuvorligi o‘z targ‘ibotini Markaziy Osiyo davlatlariga yoyish emas. Birinchi navbatda “Tolibon” harakati o‘zining davlatini tuzishi, uni oyoqqa turg‘izishi va dunyo tan olishi kerak. Ular qandaydir mafkurani eksport qilishni boshlashiga juda ko‘p vaqt kerak”, degan Abdulaziz Komilov.
Tashqi ishlar vazirining ta’kidlashicha, O‘zbekiston milliy g‘oya va mafkura masalasida o‘z yo‘nalishini tanlagan. Ayollarning ro‘molda yurishi bu toliblar mafkurasi kirib keldi degani emas.
“O‘zbekiston milliy manfaatlar, milliy g‘oya, mafkura masalalarida shunchalik aniq yo‘nalishlarni tanlaganki, bu yerga toliblarning qandaydir mafkurasini olib kirishning umuman iloji yo‘q. Ba’zida “mana, ayollar ro‘mollarda yurishibdi, demak toliblar keladi”, deb aytishadi. Bu solishtirib bo‘ladigan narsami? Dunyoning yarmi bu urfga kirgani uchun ro‘mollarda yurishibdi, shunday emasmi? Toliblarning mafkurasi oxir oqibat o‘z Vatanini xorijiy harbiylardan ozod qilishdan iborat”, deya qo‘shimcha qildi Komilov.
LiveBarchasi