“Tolibon” G‘azna viloyatining muhim tumanlarini egallab oldi

Olam

image
2020 yilda 9 mingga yaqin bola qurolli guruhlarga yollangan — BMT north_east

2020 yilda 9 mingga yaqin bola qurolli guruhlarga yollangan — BMT

Joriy yil 29 iyun kuni “Tolibon” jangchilari G‘aznaga hujum qilib, afg‘on kuchlari bilan to‘qnashdi. Ular to‘qnashuvda  portlovchi moddalardan ham foydalangan.  Bu haqda “Afghanistan Times” nashri xabar bermoqda.  

Unda keltirilishicha, so‘nggi haftada G‘azna “Tolibon” jangarilari va hukumat kuchlari o‘rtasida qattiq to‘qnashuvlarga sahna vazifasini o‘tagan. Isyonchilar Shahbez Xon, Esfand, Al-Burnin, Qalqis Jungal Bagda tumanlarini egallab olgan. G‘azna viloyat kengashi a’zosi Abdul Jamining ta’kidlashicha, hududdagi holat o‘zgarib, asosiy  yo‘llar yopilgan. Qurbonlar soni hali aniq emas. 

To‘qnashuv oqibatida Qal’a-Qozi hududidagi hukumat nazorati punktlar shaharning shimoli-g‘arbiy qismlarini o‘z nazoratiga olgan “Tolibon” jangarilari qo‘liga o‘tdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan G‘azna shahriga kirish qismida “Tolibon” jangarilari va ularning oq bayrog‘i aks etgan rasmlar tarqalmoqda.  

Eslatib o‘tamiz, Nava, Ajristan, Jiru va Rashidan tumanlari allaqachon ularning nazorati ostida edi. Seshanba kuni poytaxt Kobulni janubdagi Qandahor bilan bog‘laydigan magistral yo‘lda G‘aznaga qilingan hujum “Tolibon”ning hukumatga qarshi hujumini kuchaytirmoqda, chunki xorijiy qo‘shinlar uch oydan kamroq vaqt ichida urush ichidagi mamlakatni tark etishga tayyorlanmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, G‘azni shahri 2018 yilda “Tolibon” qo‘liga o‘tgach, jangarilar bir necha kun shaharni nazorat qilib, afg‘on va xorijiy kuchlar tomonidan qaytarib olingan edi.

Yulduz Abdurashidova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

301

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing