2020 yilda 9 mingga yaqin bola qurolli guruhlarga yollangan — BMT

Olam

image

Urush va turli mojarolar davom etayotgan davlatlarda bolalarni o‘g‘irlash, ularga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik holatlari va har ikki jinsdagi voyaga yetmaganlarni turli jinoyat qurbonlariga aylanishi ortib bormoqda. Bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Xavfsizlik Kengashidagi chiqishida ma’lum qildi.

Antonio Guterrishning aytishicha, o‘tgan yili BMT 21 qurolli mojaro vaqtida bolalarning holati bilan bog‘liq 24 mingga yaqin jiddiy qonun buzilish holatlarini aniqlagan. Qonun buo‘ilish holatlarida 19 379 nafar bola (14 097 nafar o‘g‘il bola, 4 993 nafar qiz bola va 289 nafar hozirgacha jinsi aniqlanmagan bola) jabrlangan.

“Ushbu mojaro paytida bolalarning huquqlarini e’tiborga olmaslik g‘azablantiradi va daxshatga soladi”, degan Guterrish 2020 yil bo‘yicha hisobotini Xavfsizlik Kengashiga taqdim etib.

Qurolli guruhlarga yollash (8521 nafar bola), o‘ldirish (2674) va tan jarohati yetkazish (5748), kuch ishlatish va ularga yordam berishga yo‘l qo‘ymaslik (4156) bolalarga qarshi eng keng tarqalgan jinoyatlar, deb topilgan.

Shuningdek, Afg‘oniston, Suriya va Yaman bolalar uchun eng xavfli mamlakatlar qatoriga kiritilgan. Jabrlanganlar har ikki jinsdagi voyaga yetmaganlar hisoblanadi. Aniqlanishicha, bolalarni askarlikka yollab foydalanish 85 foizni tashkil qilsa, jinsiy zo‘ravonlik holatlari jabrlanuvchilarining 98 foizi qizlardir.

Qayd etilishicha, jinsiy zo‘ravonliklarning isnod hisoblanishi, madaniy me’yorlar, yordam xizmatlarining yetishmasligi va xavfsizlik nuqtai nazaridan jinoyatlar haqida kam xabar qilinmoqda.

Guterrishning so‘zlariga ko‘ra, pandemiyaga qaramay, o‘tgan bir yil ichida Afg‘oniston, Markaziy Afrika Respublikasi, Nigeriya, Filippin, Janubiy Sudan va Suriyadagi mojaro ishtirokchilari bilan muloqotni kengaytirish va rivojlantirishda aniq yutuqlarga erishilgan.

Natijaga ko‘ra, urushayotgan tomonlar bolalarni himoya qilish bo‘yicha 35 ta majburiyat, shu jumladan Myanma va Janubiy Sudanda imzolangan ikkita yangi harakat rejalarini o‘z zimmalariga olishgan.

Bundan tashqari, hamkorlik natijasida, 2020 yilda qurolli guruhlar 12 300 ga yaqin bolani ozod qilgan va voyaga etmaganlarni yollashni to‘xtatgan.

Bosh kotib xalqaro hamjamiyatdan ushbu muammolarni hal qilgan BMT xodimlari va sherik tashkilotlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini, bunga qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirishni so‘ragan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ziddiyatdagi bolalarni himoya qilish tizimini qayta ko‘rib chiqish kerak.

Shuningdek, Guterrish bunday hodisalarga qarshi kurashish uchun, himoya samarali ta’minlanishi va  bolalarga qarshi jinoyatlar haqida erta ogohlantirish tizimlarini 

Durdona Pirnazarova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

35

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing